O‘zbekiston | 10:09 / 31.03.2021
34390
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda yana bir bemor vafot etdi, Toshkentda kunlik o‘sish yuqoriligicha qolmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi 30 mart kuni O‘zbekistonda yana 187 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berdi. Shundan 110 holat Toshkent shahrida qayd etilgan.

«2021 yil 30 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 82869 (+187) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 5 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 18 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 32 nafari Toshkent viloyatida,
  • 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qoraqalpog‘iston qayd etilgan ko‘rsatkich (+8) 2021 yilgi antirekord hisoblanadi – bungacha Qoraqalpog‘istonda yilning eng yuqori ko‘rsatkichi 12 mart kuni (4ta holat) aniqlangan edi.

Toshkent (+32) va Samarqand (+18) viloyatlarida ham 2021 yilgi antirekord yangilangan – viloyatlarda eng ko‘p kasallanish holatlari mos ravishda 24 mart (20ta holat) hamda 25 mart kuni (13ta holat) qayd etilgandi.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 629 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 80983 (+184) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1257 nafar bemor davolanmoqda, shundan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid