Jamiyat | 08:42 / 01.04.2021
4998
1 daqiqa o‘qiladi

Qonliko‘lda bog‘cha tarbiyachilari avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Kecha, 31 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida bog‘cha tarbiyachilari avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani aks etgan video tarqaldi.

"Bizga Bekbergenovaday rahbar kerak emas! Biz sud qaroridan norozimiz", deb yozilgan plakatlar bilan bir guruh odamlar yo‘lni to‘sib, norozilik bildirgan.

Ma'lum bo‘lishicha, Bekbergenova tumandagi 1-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotining rahbari hisoblanadi. U avvalroq ishidan bo‘shatilgan, ammo sud qarori bilan lavozimiga qayta tiklangan.

Kun.uz muxbiri holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan bog‘landi. Vazirlik holatni nazoratga olganini, voqea yuzasidan jarayon to‘liq o‘rganilgandan keyin batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qildi.

Mavzuga oid