Samarqandda gaz ta'minoti idorasi xodimlari aholidan yig‘ilgan 381,7 million so‘mni o‘zlashtirib yuborgan
Samarqand viloyati Urgut tumani gaz ta'minoti bo‘limi xodimlarining firibgarliklari fosh bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Urguttumangaz» ta'minoti bo‘limi xodimlarining firibgarliklari aniqlangan.
Ma'lum bo‘lishicha, tuman aholisiga yetkazib berilgan 127 218 dona maishiy gaz balloni aholi xonadonlariga o‘rnatib berilmagan holda, ushbu xizmat uchun 381,7 million so‘m naqd pul firibgarlik yo‘li bilan olingan. So‘ng ushbu mablag‘larni maxsus hisobraqamga topshirmaslik maqsadida, fuqarolar nomidan gaz ballonlarini o‘rnatib berishni rad qilish to‘g‘risida soxta arizalar rasmiylashtirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan «Urguttumangaz» gaz ta'minoti bo‘limi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
09:09 / 20.12.2024
Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
09:50 / 18.12.2024