Jamiyat | 17:56 / 09.04.2021
2994
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdan ot o‘g‘irlagan shaxslar Toshkent viloyatidagi mol bozordan ushlandi

Jizzax viloyati Yangiobod tumanidan ikki bosh otni o‘g‘irlagan shaxslar Toshkent viloyatidagi mol bozorlardan birida ushlangan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 3 aprel tunda Jizzax viloyati Yangiobod tumani «Havotog‘» qishloq fuqarolar yig‘ini fermer xo‘jaligi dalasidan qiymati 65 million so‘mlik 2 bosh ot o‘g‘irlangan. Bu haqda Yangiobod tumani ichki ishlar bo‘limiga otlarning egasi, tumanning «Yangiobod» shaharcha fuqarolar yig‘inida yashovchi X.A. ma'lum qilgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida otlar Yangiobod tumani «Havotog‘» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi J.X. hamda Sirdaryo viloyati Xovos tumani «Paxtakor» QFYda yashovchi R.A. tomonidan o‘g‘irlangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, o‘g‘rilar Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hududidagi mol bozorida otlarni sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mavzuga oid