O‘zbekiston | 10:36 / 09.04.2021
14579
4 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev vodorod energetikasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror imzoladi
Prezident “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining:
- Fanlar akademiyasining “Xalqaro quyosh energiyasi instituti” MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini;
- institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
- Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha idoralararo komissiya tuzildi va unga quyidagi vazifalar yuklandi:
- institut faoliyati tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
- qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek ushbu sohalardagi istiqbolli loyihalar amalga oshirilishini ta'minlash;
- qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida zarur tadqiqotlar o‘tkazish hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish masalalarida vazirlik va idoralarga ko‘maklashish;
- qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish hamda ilmiy-texnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda innovatsion loyihalar ishlab chiqish;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini o‘rganish va joriy etish;
- qayta tiklanuvchi energiya va vodorodni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va (yoki) ularni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar talablariga moslashtirish;
- ilg‘or davlatlarning mazkur sohalardagi ilmiy muassasalari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik o‘rnatish va ular ishtirokida tadqiqotlar tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularda ishtirok etish;
- mahalliy va xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zaro bog‘lovchi yaxlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;
- qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va texnologiyalarni sinovdan o‘tkazish va sertifikatlash.
Mavzuga oid
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
07:53 / 30.08.2024
YeTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun mablag‘ ajratadi
18:28 / 21.08.2024
FNQZni 100 mln dollarga xususiylashtirib olgan Saneg uning bir qismini 140 mln dollarga sotdi
10:21 / 07.06.2024