O‘zbekiston | 14:01 / 17.04.2021
4633
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda lizingga mashina olib beraman, deb 14 kishining pullarini o‘zlashtirgan MChJ rahbarlariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: KUN.UZ

Navoiy shahrida lizing shartnomasi asosida avtomashinalarni olib berishni va'da qilgan MChJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.F.» MChJ mansabdor shaxslari lizing shartnomasi asosida avtomashina olib berishni va'da qilib 14 nafar fuqaroning pullarini o‘zlashtirgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, MChJ rahbarlari mijozlarning ishonchiga kirib, 2020 yilning yanvar-may oylarida 14 nafar fuqarodan boshlang‘ich to‘lov sifatida 111,1 million so‘mni qabul qilgan. So‘ng, bugungacha avtomashinalarni yetkazib bermagan va fuqarolarning talablariga asosan to‘lagan pullarini qaytarib bermasdan kelgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid