O‘zbekiston | 14:42 / 17.04.2021
78053
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusga necha yoshlilar ko‘proq chalinayotgani ma'lum qilindi

O‘zbekistonda koronavirusga necha yoshlilar ko‘proq chalinayotgani to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Bahodir Yusupaliyev / Foto: KUN.UZ

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bu haqda bugun o‘tkazilgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiya kengaytirilgan yig‘ilishida sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev aytib o‘tdi.

Ayni paytda mamlakat hududida ro‘yxatga olinayotgan koronavirusdan kasallanganlarning yoshma-yosh tahlili quyidagicha:

  • 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13-15 foizni;
  • 15-19 yoshdagilar 4-6 foizni;
  • 20-29 yoshdagilar 11-14 foizni;
  • 30-39 yoshdagilar 17-20 foizni;
  • 40-49 yoshdagilar 10-15 foizni;
  • 50-59 yoshdagilar 12-16 foizni;
  • 60 yosh va undan kattalar 22-26 foizni tashkil etmoqda.

Bundan oldin, 18 apreldan karantin qoidalari kuchaytirilishi xabar qilingandi.

Bog‘cha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyati zudlik bilan to‘xtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi. Ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibda faoliyat yuritadi.

1 maydan boshlab, konsert tomosha tadbirlarini yopiq maskanlarda o‘tkazish bo‘yicha cheklov joriy etilmoqda.

Yirik savdo majmualari va bozorlarda, do‘konlarda karantin qoidalariga qat'iy amal qilinishi, jumladan, qo‘llarni antiseptik vositalari bilan zararsizlantirish, odamlarning tibbiy niqob taqishi, ijtimoiy masofa saqlashi nazoratga olinadi.

Mavzuga oid