O‘zbekiston | 14:57 / 19.04.2021
13560
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 2ta talabalar yotoqxonasi 14 kunlik karantinga olindi

Joriy yil 19 aprel sanasidan Toshkent shahridagi O‘zbekiston Milliy universitetining 4-yotoqxonasida yashovchi talabalarda koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi sababli ushbu yotoqxona 14 kunga karantinga yopildi. 

Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasining 5-yotoqxonasida istiqomat qiluvchi talabalarda ham kasallik kuzatilganligi sababli yotoqxona 2 haftalik karantinga yopildi.

Shu munosabat bilan mazkur ta'lim muassasalariga tegishli ushbu turar joylarda yashaydigan talabalar ta'limni masofaviy shaklda davom ettiradi.

Bundan oldin, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bugundan masofaviy ta'lim shakliga o‘tgani xabar berilgandi. 

Mavzuga oid