Jalaquduqda mas'ullar tomonidan 34 tonna mineral o‘g‘itning talon-toroj qilinishi oldi olindi
2021 yil 31 yanvar kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumanida 34 tonna mineral o‘g‘itning taloj-toroj qilinishi oldi olingan. Bu haqda «O‘zagroinspeksiya» axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.
Unga ko‘ra, «Andijon Agrokimyohimoya» korxonasi Jalaquduq filiali mansabdor shaxslari oldindan til biriktirib, 34 tonna ammiakli selitrani markaziy omboridan olib chiqib, fermer xo‘jaliklariga tarqatmasdan, xususiy omborxonaga olib borib tushirayotgan vaqtda ushlangan.
Nazorat tadbiri «O‘zagroinspeksiya»ning Jalaquduq tuman bo‘limi inspektorlari va DXX hamkorligida o‘tkazilgan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, o‘tgan vaqt davomida holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar DXXga taqdim etilib, filial rahbari va ombor mudiriga nisbatan tegishli huquqiy chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid
15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi
13:56 / 28.11.2024
Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik aytilgan vaqtda bitkazilmadi. Yangi muddat – 1 aprelgacha
19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?
06:51 / 27.08.2023