Jahon | 18:32 / 21.04.2021
5056
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda to‘rt kunda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bir million holat aniqlandi

Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda qat'iy lokdaun joriy etilishiga qarshi chiqmoqda.

Foto: Reuters

Hindistonda epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda: mamlakatda to‘rt kun ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bir million holat qayd etildi, deb yozadi Times of India.

Bu mamlakatda koronavirus tarqalishi bo‘yicha yangi rekord hisoblanadi. Avvalroq bir million holat olti kunda qayd etilgandi.

Oxirgi sutkada mamlakatda 295 mingdan ortiq yangi holat aniqlangan. Chorshanba kuni ikki mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.

Ammo Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mamlakatda qat'iy lokdaun joriy etilishiga qarshi chiqmoqda.

"Men shtatlarni lokdaunga oxirgi chora sifatida qarashga chaqiraman. Ular imkon boricha lokdaun joriy etishdan qochishga urinishlari kerak", - dedi Modi.

Pandemiya boshlanganidan beri Hindistonda 15 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 180 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzuga oid