Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
Prezident qarori bilan, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Abdullayev Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Joriy yil mart oyi oxirida “Jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi, Probatsiya xizmatini o‘z ichiga oladigan Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi.
Mavzuga oid
21:56 / 26.11.2024
Rossiyada 174 ming nafar politsiyachi yetishmayotgani ma’lum bo‘ldi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024