Shoygu Rossiya qo‘shinlari tayyorgarligini tekshirish yakunlangani va ular doimiy joylariga qaytishini e'lon qildi
Sergey Shoyguning buyrug‘iga ko‘ra, 23 apreldan boshlab qo‘shinlarni doimiy joylashgan punktlariga qaytarish boshlanadi.
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu janubiy va g‘arbiy harbiy okruglarni tekshirish tadbirlari yakuniga yetganini ma'lum qildi.
«Kutilmagan tekshiruvdan maqsadga to‘liq erishildi deb hisoblayman. Qo‘shinlar mamlakatni ishonchli mudofaa qilish qobiliyatini namoyish etdi. Shu munosabat bilan janubiy va g‘arbiy harbiy okruglarni tekshirish tadbirlarini yakunlashga qaror qilindi», – dedi u.
Shoyguning buyrug‘iga ko‘ra, 23 apreldan boshlab qo‘shinlarni doimiy joylashgan punktlariga qaytarish boshlanadi.
Buyruqqa ko‘ra, Rossiya janubidagi harbiy mashg‘ulotlarda qatnashgan qo‘shinlar 1 maygacha doimiy joylariga qaytariladi.
Avvalroq Rossiya nazorat tekshiruvi doirasida g‘arbiy chegaralariga ikkita armiya va uchta desant qo‘shinlari bo‘linmasini tashlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
19:55 / 23.12.2024