«Bizda aviachiptalar narxi qo‘shnilarimizdan baravariga qimmatroq» – Aziz Abduhakimov
Bugun, 26 aprel kuni O‘zbekistondagi birinchi xususiy aviakompaniya Qanot Sharq’ning ilk samolyoti Toshkentga olib kelindi.
Samolyotni kutib olishga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etgan bosh vazir o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov aviatsiya sohasida monopoliyaga barham berilganini qayd etdi.
«Humo» aviakompaniyasi ham tashkil qilinishi arafasida. Biz O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, o‘zimizga soliq to‘lab, fuqarolarimizga qulayroq yaratishda ishtirok etmoqchi bo‘lgan kompaniyalarga barcha sharoitlarni yaratib beramiz», dedi Aziz Abduhakimov.
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari O‘zbekiston uchun boshqa xususiy aviakompaniyalarning ochilishi foydali bo‘lishi haqida gapirdi.
«Hammamizga ma'lumki, bizda hozir aviachipta narxlari fuqarolarimiz uchun ham, xorijlik sayyohlar uchun ham qimmatlik qiladi. Buni ko‘rish uchun uzoqqa borish shart emas. Masalan, O‘zbekistondan uchadigan samolyot chiptalari narxi bilan Chimkent (Qozog‘iston) va O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlaridan uchadigan reyslar narxini solishtirish kifoya. Internetga kirasiz va solishtirasiz – bizda narxlar qanchadir foizga ham emas, baravariga qimmatroq. Bu esa mamlakatimizga sayyohlarni taklif qilishda boshqalar bilan raqobatlasha olmasligimizga sabab bo‘lyapti. Narxlarning qimmatligi natijasida «Umra+» dasturi doirasida kelishi kutilayotgan ko‘plab ziyoratchilar va sayyohlarni ham yo‘qotishimiz mumkin», deya bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, O‘zbekistonning Qanot Sharq Airlines aviakompaniyasi ikkita Airbus A320-214 samolyotini O‘zbekistonda UK32030 va UK32031 raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
09:24 / 12.12.2024
Turizmni tabiat bilan uyg‘unlikda rivojlantirishga oid o‘quv seminari boshlandi
15:20 / 03.12.2024
IUCN’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rasman o‘z ishini boshladi
11:59 / 29.11.2024