Jahon | 10:32 / 27.04.2021
4866
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi vaksinatsiya sabab 50ta davlatda rejali emlashlar keyinga qoldirildi 

Foto: un.org

Dunyoning 50ta davlatida koronavirusga qarshi vaksinatsiya sabab qizamiq va boshqa xavfli kasalliklarga qarshi rejali emlashlar keyinga qoldirildi. Bu haqda JSST, YuNeSKO hamda Vaksinalar va immunizatsiya bo‘yicha global alyans (Gavi) ma'lum qildi.  

«Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, 50ta davlatda 60ta hayotiy muhim emlash kampaniyasi qoldirilgan. Bu esa 228 mln kishini, aksariyat holatlarda bolalarni qizamiq, sariq bezgak va poliomiyelit kabi kasalliklar xavfiga qo‘yadi», deb aytilgan qo‘shma bayonotda.

 Ta'kidlanishicha, bu davlatlarning yarmidan ko‘pi Afrikada joylashgan.  

JSSTda aytilishicha, yaqinda Kongo, Pokiston va Yamanda qayd qilingan qizamiq avj olishi aynan rejali emlashlar qoldirilgani bilan bog‘langan.  

«Agar biz qizamiq, sariq bezgak va difterit kabi xavfli kasalliklar avj olishidan qochishni istasak, unda har bir davlatda odatiy emlash xizmatlarini himoya qilmog‘imiz lozim», deb ta'kidlab o‘tgan JSST rahbari Tedros Adxanom Gebreyyesus.

Mavzuga oid