O‘zbekistonda kimlar grippga qarshi bepul emlanishi ma’lum qilindi
Qator shaxslarga grippga qarshi emlash uchun vaksinalar bepul, davlat budjeti hisobidan yetkazib beriladi.
Vazirlar Mahkamasining «Gripp yuqtirish va uning og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan aholi o‘rtasida grippning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, gripp yuqtirish va og‘ir asoratlarini boshidan o‘tkazish xavfi yuqori bo‘lgan qator shaxslar unga qarshi bepul emlanadi.
Sanepidqo‘mita xabariga ko‘ra, ushbu shaxslar quyidagilar:
«Mehribonlik» uylari;
qariyalar va nogironlar uchun «Saxovat» internat uylari,
nogironlar hamda nogiron bolalar uchun «Muruvvat» internat uylari;
bolalar shaharchalari;
bolalar uylari;
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari;
umumta’lim maktablari o‘qituvchilari;
tibbiyot xodimlari;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari.
Ularga grippga qarshi emlash uchun vaksinalar bepul, davlat budjeti hisobidan yetkazib beriladi.
Boshqa aholi vakillari o‘z hisobidan, tashkilot xodimlari o‘sha idora mablag‘lari hisobidan xususiy emlash markazlari orqali vaksina olishi mumkin.
Mavzuga oid
17:30 / 26.11.2024
O‘zbekistonga yangi virus kirib kelgani yo‘q, grippning A turi ko‘paygan – SSV
15:00 / 26.10.2024
Faqat immunitetni emas, zehnni ham o‘ldiradi: olimlar oddiy infeksiyalar miya uchun xavfli ekanini aniqladi
12:39 / 23.02.2024
Sanepidqo‘mita gripp va O‘RVIdan himoyalanish choralarini eslatdi
18:32 / 06.01.2024