Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jizzax viloyati hokimining 2021 yil 28 apreldagi 190-k sonli qaroriga asosan Sindor Rahmonqulov viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Sindor Rahmonqulov 1983 yilda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tavallud topgan. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik instituti (kunduzgi) va 2009 yilda Toshkent moliya instituti (sirtqi) bo‘limlarini tamomlagan. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2020–2021 yillar mobaynida Jizzax viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Mavzuga oid
15:06 / 28.12.2024
Jizzax viloyatining yangi hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
16:45 / 22.12.2024
Jizzaxda tadbirkorning binosi uchun foydalanishga ruxsatnoma olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
12:23 / 19.12.2024