Mamlakatda 30 yoshgacha bo‘lganlar 18 milliondan ziyod, ularning 648 ming nafari ishsiz – Nozim Husanov
AOKAda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatning 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari va ularning qanchasi ishsiz ekani ochiqlandi.
«Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 18 million nafardan ziyod. Shundan 648 ming nafari ishsiz, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan bo‘lsa, joriy yilning birinchi choragida 283 ming yoshning bandligi ta'minlangan.
Qaror bilan tasdiqlangan Davlat dasturida 2021 yilda 457 ming 400 ta doimiy yangi ish o‘rni yaratish nazarda tutilgan. Jumladan, birgina Toshkent shahrida 60 mingga yaqin yangi ish o‘rni ochiladi.
Hujjatda aynan doimiy ish o‘rinlari haqida so‘z bormoqda. Chunki ayrim joylarda ish joylari yaratilib, bir-ikki oydan keyin yopilib ketishi kuzatilyapti. Endi bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Yangi ochilayotgan ish joylarini yopish uchun javobgarlik va mas'uliyat belgilanmoqda.
2021 yil 1 iyulga qadar yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha hisobotlarni yuritish, ularni real vaqt rejimida Davlat soliq qo‘mitasining yagona integratsiyalashgan axborot resurs bazasi orqali monitoring qilishga mo‘ljallangan elektron dastur ishlab chiqiladi. Shuningdek, vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band bo‘lgan fuqarolarning mehnat faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha yangi tizim yaratiladi.
Shu bilan birga, “Barcha uchun ish” tamoyili asosida 2021 yil 1 noyabrga qadar “Mening ishim” buyurtmalar birjasi onlayn maydoni ishga tushiriladi», dedi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov.
Mavzuga oid
17:36 / 10.12.2024
XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi
07:50 / 02.11.2024
Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi
22:02 / 11.09.2024
Germaniyadagi yirik kompaniyalardan birining 15 mingga yaqin xodimi ishsiz qolishi mumkin
22:14 / 04.01.2024