Jahon | 17:36 / 10.12.2024
4090
1 daqiqa o‘qiladi

XMT Markaziy Osiyodagi ishsizlik darajasi bo‘yicha ma’lumot berdi

Ishsizlikning eng past darajasi Qirg‘izistonda, eng yuqori darajasi Tojikistonda qayd etildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng past ishsizlik darajasi Qirg‘izistonda qayd etilgan – 3,3 foiz. Bunday ma’lumotlarni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) o‘z veb-saytida e’lon qildi, unda dunyoning 187 mamlakati orasida ishsizlik darajasi bo‘yicha reyting taqdim etildi.

Mintaqadagi boshqa mamlakatlarda ham shunga yaqin ko‘rsatkichlar bor: Turkmanistonda 4,3 foiz, O‘zbekistonda 4,5 foiz va Qozog‘istonda 4,8 foiz ishsizlik darajasi qayd etilgan.

Faqat Tojikiston bundan mustasno bo‘lib, u yerda ishsizlik darajasi 11,6 foizga yetdi, bu qo‘shni davlatlarga qaraganda ancha yuqori.

Mavzuga oid