O‘zbekiston | 13:17 / 11.05.2021
41884
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident maktablariga qabul va imtihon o‘tkazish sanasi ma'lum qilindi

Bu yil Prezident maktablariga arizalar onlayn qabul qilinadi. Qabul jarayoni 5 iyundan 25 iyungacha davom etadi. Imtihonlar 3 bosqichda bo‘lib, kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 20-25 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun, 11 may kuni, Prezident maktablariga qabul va kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Prezident maktablariga hujjat topshirish va imtihon jarayonlari tartibi va talabalar to‘g‘risida ma'lumot berildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarovaning ma'lum qilishicha, bu yil Prezident maktablariga qabul 5 iyundan 25 iyungacha davom etadi. Imtihonlar 3 bosqichda bo‘lib, kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 20-25 iyul kunlari matematika fanidan bo‘lib o‘tadi.

Agentlik direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayevning qo‘shimcha qilishicha, birinchi bosqichda matematika fanidan imtihonda 30-40 ta savol beriladi. Ikkinchi bosqich 20-23 avgustda bo‘lib o‘tadi. Bunda tanqidiy fikrlash, muammoni yechish va ingliz tilidan test sinovlari bo‘ladi.

Agentlik direktor o‘rinbosari Prezident maktablariga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar haqida ma'lumot berdi.

“Prezident maktablariga qabul uchun, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma, belgilangan shakldagi ma'lumotnoma, 3 4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushilgan), baholar tabelining nusxasi, talabgor hamda uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar fuqarolik pasporti ma'lumotlari (telefon raqami, elektron pochta ,manzili) kabilar talab qilinadi”, – deya ma'lum qildi Abdullayev.

Mavzuga oid