O‘zbekiston | 12:30 / 11.05.2021
19479
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda tarqalgan yoqimsiz hidga aslida kim aybdor?

«Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ poytaxtning Sergeli tumani O‘zgarish mahallasida uzluksiz yoqimsiz hid kelayotgani haqidagi shikoyatlar bo‘yicha videolavha tayyorladi.

«Toshkent shahar suv ta'minoti» MChJ bosh muhandisi Abduqodir Alimov fikriga ko‘ra, yoqimsiz hid taralishining asosiy sababi «Salar» to‘yintirish inshooti hamda Bo‘zsuv kanaliga turli korxona va tashkilotlar tomonidan oqova suvlar va chiqindilarning oqizilishidir.

«Bektemir» va «Salar» oqova suv tozalash inshooti yaqinidagi korxonalarga MChJ tomonidan yuzlab ogohlantirish berilgan, laboratoriya tahlillari muntazam olib borilib, kompensatsiyalar undirib kelinadi.

«Salar» to‘yintirish inshooti Toshkent shahrining Janubiy qismida, Salar arig‘ining qirg‘og‘ida joylashgan. 1961 yil 12 aprelda 25 ming kubometr quvvat bilan ishga tushirilgan. Inshoot maydoni 95,4 gektarni tashkil etadi. Loyihaviy tozalash quvvati – 1068 ming kubometr bo‘lib, ishchi quvvati – 960 ming kubometrni tashkil etadi.

Inshoot hozirgi kunda Toshkent shahrining Yakkasaroy, Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Yashnobod, Sergeli tumanlaridan – 800-850 ming kubometr oqova suvini qabul qilib, tozalab chiqaradi.

«Salar» to‘yintirish inshooti tarkibiga Mexanik tozalash va quyqani qayta ishlash bo‘limi, Biologik tozalash va oqova suvini zararsizlantirish bo‘limi, Bosh mexanik bo‘limi, Bosh energetika bo‘limi, Kimyo bakteriologiya bo‘limi kiradi.

Inshootdagi uskuna va mexanizmlar, binolarning hozirgi holati talablarga to‘liq javob beradi. 2017 yilda me'yoriy talablar (PDS) hujjati ishlab chiqilgan va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Tozalangan oqova suvlar me'yoriy talablar darajasiga yetkazilib, Salar kanaliga oqiziladi.

Mavzuga oid