O‘zbekiston | 11:20 / 17.05.2021
6965
2 daqiqa o‘qiladi

Harvard va Oksford bitiruvchisi «Ipak yo‘li» turizm universiteti prorektori etib tayinlandi

Foto: Raymond Jozef Hoffman

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetida akademik ishlar bo‘yicha prorektor tayinlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.

Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetining akademik ishlar bo‘yicha prorektor lavozimiga professor Raymond Jozef Hoffman tayinlandi.

Qayd etilishicha, Raymond Jozef Hoffman madaniy turizm va meros, shuningdek, dinshunoslik sohasida yuqori tajribaga ega bo‘lgan salohiyatli mutaxassis. U AQShning Harvard, Buyuk Britaniyaning Oksford, Germaniyaning Geydelberg universitetlarida tahsil olib, MTS magistri, tarix va arxeologiya fanlari bo‘yicha doktorlik darajasiga ega bo‘lgan.

Shu bilan birga, R.Hoffman Buyuk Britaniyadagi Kembrij va AQShning Kornell universitetlarida ilmiy ishlar bo‘yicha boshqaruv lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

Xoffman Osiyo jamiyati (YuNeSKO) tomonidan homiylik qilingan Religions of the Silk Road. A History of Cultural Interchange from the Death of Alexander to the Islamic Renaissance tadqiqot loyihalarida Oksford universiteti nashriyotidan bosh muharrirlik qilgan. Uning muallifligi ostida 9ta va muharrirligida 7ta monografiya hamda 273ta ilmiy, ensiklopedik maqola va sharhlar chop etilgan.

Mavzuga oid