O‘zbekiston | 09:17 / 20.05.2021
8237
2 daqiqa o‘qiladi

Qanday mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiy faoliyat amalga oshirilishi aniqlashtirildi

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i bilan Tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari nomenklaturasi tasdiqlandi.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 iyundagi “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Hujjatga asosan, quyidagi tibbiy (shifokorlik) mutaxassisliklari (yo‘nalishlar va shifr) belgilandi:

  • Davolash ishi – 5510100;
  • Pediatriya ishi – 5510200;
  • Tibbiy profilaktika ishi – 5510300;
  • Stomatologiya – 5510400;
  • Tibbiy biologik ish – 5510900;
  • Biotibbiyot muhandisligi – 5313000;
  • Klinik psixologiya;
  • Xalq tabobati – 5511100.

O‘z navbatida, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bazaviy, asosiy mutaxassisliklar va qo‘shimcha yoki chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab etadigan mutaxassisliklarga bo‘linadi.

Misol uchun, Davolash ishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • bakalavriat mutaxassisligi - Oilaviy shifokorlik;
  • magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari - Akusherlik va ginekologiya, Anesteziologiya va reanimatologiya, Terapiya, Kardiologiya, Dermatovenerologiya, Psixiatriya, Nevrologiya, Narkologiya, Neyroxirurgiya, Patologik anatomiya, Yuqumli kasalliklar va boshqalar.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 12.05.2021 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid