O‘zbekiston | 13:56 / 21.05.2021
3754
2 daqiqa o‘qiladi

Bog‘dodlik o‘qituvchi MDHning eng yaxshi yosh olimi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanilik Ravshanjon Abdullayev Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining eng yaxshi yosh olimi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Bog‘dod tumani hokimligi axborot xizmati.  

Ta'kidlanishicha, yosh olim Abdullayev Ravshanjon Inomjon o‘g‘li Bog‘dod tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib boradi. U Qozog‘iston Respublikasining Nursulton shahrida o‘tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021" xalqaro tanlovida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 14 ta mamlakat tarixchilari orasida tarix fani yo‘nalishida birinchi o‘rinni egallagan Ravshanjon Abdullayevga birinchi darajali diplom va oltin medal topshirilgan. 

Ma'lumot uchun, R.Abdullayev hozirda Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2 bosqich magistranti hisoblanadi. Uning ikkita o‘quv qo‘llanmasi chop etilgan. 50 dan ortiq maqolalari xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlari nashrlarida yoritilgan.

Avvalroq, viloyatda o‘tayotgan «Onalarga ehtirom» festivali doirasida bog‘dodlik aka-ukalar onasiga yangi xonadon sovg‘a qilishganligi xaqida xabar berilgan edi

Mavzuga oid