O‘zbekiston | 17:13 / 22.05.2021
4137
2 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ynoqdagi Stixiya festivaliga qancha mablag‘ ketgani, qaysi davlatdan qancha qancha sayyoh kelgani ma'lum bo‘ldi

Mo‘ynoqda 14–15 may kunlari bo‘lib o‘tgan Stixiya festivaliga qancha mablag‘ sarflangani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Kun.uz muxbiriga xabar berdi.

Kun.uz muxbiriga ma'lum qilinishicha, ikki kunlik festivalga 700 million so‘m (deyarli 67 ming dollar) sarflangan. Turizm va sport vazirligi hamkor tashkilotchi sifatida tadbirda qatnashgan. 700 million so‘mdan 350 million so‘m atrofidagi mablag‘ homiylar tomonidan, qolgani shaxsiyt mablag‘lar hisobidan yo‘naltirilgan.

Vazirlik vakili rahbariyatdan ruxsat bo‘lmaguncha moliyaviy ko‘makni ochiklay olmasligi aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, festivalga kirish bepul bo‘lgan, u yerga borish uchun esa festival veb-saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tilib, tasdiqlanganlik to‘g‘risidagi xabar elektron pochta orqali olingan. Ro‘yxatdan o‘ta olmaganlar esa festival hududiga kiritilmagan.

Stixiyaga maxsus ravishda faqat parvoz, turar joy va oziq-ovqat uchun haq to‘lashi kerak bo‘lgan Buyuk Britaniya (10 nafar), Fransiya (31 nafar), Rossiya (152 nafar), Germaniya (15 nafar), Qozog‘iston (421 nafar), Qirg‘iziston (18 nafar)va boshqa mamlakatlardan sayyohlar kelgan. Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, festivalda ishtirok etish uchun 1400 kishi ro‘yxatdan o‘tgan, shulardan 730 nafari o‘zbeklar, qolgani esa chet elliklar bo‘lgan.

Avvalroq Qoraqalpog‘istondagi musiqa festivalida sayyoh ayollar yalang‘och holda raqsga tushgani aytilgan videoga izoh berilgandi.

Mavzuga oid