O‘zbekiston | 13:27 / 29.08.2024
12512
2 daqiqa o‘qiladi

«Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq» - Ozodbek Nazarbekov

Ozodbek Nazarbekov «Maqom», «Baxshichilik», «Sharq taronalari» kabi festivallarning ahamiyati haqida to‘xtalib, bu kabi tadbirlarni o‘tkazish bitta ko‘chani asfalt qilgandan ko‘ra muhimroq ekanini ta’kidlab o‘tdi. «Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim», - dedi madaniyat vaziri.

Ozodbek Nazarbekov «Maqom», «Baxshichilik», «Sharq taronalari» kabi festivallarning ahamiyati haqida to‘xtalib, bu kabi tadbirlarni o‘tkazish bitta ko‘chani asfalt qilgandan ko‘ra muhimroq ekanini ta’kidlab o‘tdi. «Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim», — dedi madaniyat vaziri.

Samarqand shahrida 26−30 avgust kunlari «Sharq taronalari» XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlar doirasida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov OAV vakillariga intervyu berib, bu kabi festivallarni o‘tkazishdan asosiy maqsad nima ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

«Xalqaro maydondagi beqarorliklar va boshqaruv imkoniyatlari qanaqadir qora kuchlarda ekani bugun ko‘rinib turibdi, buni butun dunyo ko‘ryapti. Biz mana shunday davrda o‘zimizning qadriyatlarimiz, madaniyatimizni mahkam tutgan va butun dunyoni shu pozitsiyaga chorlagan holda bunday illatlar yoki tahdidlarga qarshi tura olamiz», — dedi u.

«Sizlar ko‘p savol berasizlar bizga: «Maqom» festivali qilyapsizlar, «Baxshichilik», «Hunarmandlar» festivallari qilyapsizlar, bular kerakmi, kerakmasmi, undan ko‘ra asfalt qilgan yaxshimasmi, degan millionta har xil fikrlar bor. Kechirsizlaru, hozir bu muammo bitta ko‘chani asfalt qilgandan ko‘ra muhimroq. Chunki inson madaniyatiga tahdid bostirib kelyapti, shuning uchun bunaqa festivallarga 3−5 mlrd so‘m ishlatish, menimcha, inson kelajagini asrab qolishda juda muhim. Madaniyat vaziri sifatida festivallarga asfaltdan ham muhimroq, boshqa narsalardan ham o‘ta muhim bo‘lgan masala, deb qarayman», — deya qo‘shimcha qilgan Madaniyat vaziri.

Mavzuga oid