Jamiyat | 21:38 / 25.05.2021
18322
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident hisobidan Andijon tibbiyot institutiga o‘qishga qabul qilingan bemor qiz rektor bilan uchrashdi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Shu yilning 14 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, u yerda davolanayotgan bolalar holidan xabar olgandi. 

Uchrashuv chog‘ida 2003 yilda tug‘ilgan, markazda chap tizza bo‘g‘imi sinovial sarkomasi tashxisi bilan davolanayotgan andijonlik Roziyaxon Bozorboyeva Andijon davlat tibbiyot institutiga kirishni orzu qilishini aytgan edi. 

Prezident uning orzusini amalga oshirish uchun tegishli mutasaddilarga topshiriq berib, Roziyaxon uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilishni tayinlagan edi. 

Andijon tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov bo‘lajak talabaning ahvolidan xabar oldi.

«Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ul xodimlari va Andijon tibbiyot instituti rektori Madamin Madazimov Roziyaxon Bozorboyevaning ahvolidan xabar olish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘ldi.

Rektorning Roziyaxonga topshirgan maktubida institut jamoasi uni yangi o‘quv yilidan oliy o‘quv yurti binosida kutishlari, uning ta'lim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyor ekanliklarini bildirgan. 

Shuningdek, R. Bozorboyevaga o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun onlayn repetitor ajratildi. Endi Roziyaxon muassasada davo muolajalari olish bilan birga kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot fanlaridan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi ham mumkin», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida. 

Mavzuga oid