O‘zbekiston | 18:41 / 26.05.2021
5120
1 daqiqa o‘qiladi
"MNG Airlines" O‘zbekistonga muntazam yuk tashish qatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Turkiya Respublikasining "MNG Airlines" aviakompaniyasiga 2021 yil 26 mayda 98-K sonli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Ushbu ruxsatnomaga muvofiq "MNG Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga Istanbul – Navoiy – Istanbul yo‘nalishida muntazam yuk tashish parvozlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniya yuk tashish parvozlarini Airbus 300-600, Airbus 330-200 va Airbus 330-300 havo kemalarida amalga oshiradi, deya xabar beradi O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati.
Mavzuga oid
17:43 / 25.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
19:04 / 20.08.2024
Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi konteyner tashuvlari yo‘lga qo‘yildi
20:55 / 01.08.2024
Hindistondan O‘zbekistonga birinchi konteyner poyezdi yuborildi
20:39 / 20.05.2024