O‘zbekiston | 17:56 / 27.05.2021
3062
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda yirik miqdordagi psixotrop tabletkalar ushlandi

Samarqand viloyatida IIB va DXX tashabbusi bilan yirik miqdordagi giyohvandlik moddalarining viloyat hududiga kirib kelishi oldi olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanmasini fosh etish maqsadida, Samarqand viloyati IIB Terrorizm va ektremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi tezkor xodimlari hamkorligida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida, psixotrop dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi 8 nafar shaxslar qo‘lga olinib, ulardan umumiy narxi 25 million so‘mlik, 11.614 dona «Tramadol» tabletkalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid