O‘zbekiston | 10:19 / 01.06.2021
15745
2 daqiqa o‘qiladi

Dilbar G‘ulomova faxriy unvon bilan taqdirlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar G‘ulomova faxriy unvon bilan taqdirlandi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, davlat va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yoshlar ma'naviyati va bilimini oshirish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar G‘ulomova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Dilbar G‘ulomova 1995 yildan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining raisi bo‘lib ishlagan, 2000 yilda Oliy Majlis sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining raisi etib tasdiqlangan. Har ikki lavozimni 2004 yilga qadar egallagan. 1999-2004 yillarda Oliy Majlis deputati bo‘lgan. 

U 2019 yil 7 sentabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari etib tayinlandi

Mavzuga oid