O‘zbekiston | 17:52 / 01.06.2021
2468
2 daqiqa o‘qiladi

Keles ko‘prigi qayta ochildi

22 may kuni 4R-4 «Toshkent sh. – Keles sh. –Qozoqkensoy q. – M39» avtomobil yo‘li (820 km) Sariyog‘och qishlog‘iga shaxobcha avtomobil yo‘lida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari munosabati bilan, Keles yo‘li ko‘chasi hamda Yuqori Ko‘kterak ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) sun'iy inshootida  ta'mirlash ishlari yakunlangunga qadar  transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘liq to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi. 

Ushbu ko‘prikda ta'mirlash ishlari to‘liq tugamagan bo‘lishiga qaramay, qayta ochildi.

«Vaqtinchalik keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, manzilingizga eltuvchi yo‘lning ta'miri to‘liq yakuniga yetmagan bo‘lsa-da, Sizlarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida bugundan Keles ko‘prigi avtomototransport vositalari harakatlanishi uchun ochilganligini rasman ma'lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid