Jamiyat | 18:24 / 01.06.2021
19364
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryoda ona-bolani o‘ldirib, yoqib yuborgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ona-bolani o‘ldirib, yoqib yuborgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Boyovut tumani IIBning xabariga ko‘ra, 2021 yil 1 iyun kuni soat 03:30larda Boyovut tumani, «Sarmich» MFY, Fitrat ko‘chasi, 23-uyda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan H.I. o‘zi bilan birga yashab kelgan 1993 yilda tug‘ilgan xolavachchasi Ch.N. bilan uy-joy nizosi bo‘yicha bo‘lgan o‘zaro kelishmovchilik negizida janjallashib qolib, uni qasddan bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Shundan so‘ng fuqaro H.I. o‘z jinoyatini yashirish maqsadida xonadon ichkarisida uxlab yotgan xolasi 1958 yilda tug‘ilgan T.O.ni ham qasddan bo‘g‘ib o‘ldirib, murdalarni xonadon molxonasiga olib kirib, ustilariga ko‘rpa-to‘shaklar va somon tashlab yoqib yuborgan.

Marhum Ch.N. va T.O.ning o‘limi holati yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 1 iyun kuni Boyovut tumani prokurori tomonidan H.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u Jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan. 

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid