Jahon | 18:26 / 04.06.2021
6982
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston AstraZeneca vaksinasini sotib olmaydigan bo‘ldi

"SK-Farmatsiya" boshqaruvi raisi Yerxat Iskaliyevning so‘zlariga ko‘ra, AstraZeneca vaksinasi borasida salbiy fikrlar juda ko‘p.

Foto: RIA Novosti

AstraZeneca vatsinasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar ushbu vaksina to‘g‘risida juda ko‘p salbiy fikrlar bo‘lgani sababli to‘xtatildi. Bu haqda "SK-Farmatsiya" boshqaruvi raisi Yerxat Iskaliyev ma'lum qildi, deb xabar berdi zakon.kz.

“Barcha vaksinalar bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda, lekin AstraZeneca bo‘yicha muzokaralar to‘xtatildi, chunki vaksina borasida salbiy fikrlar juda ko‘p”, - degan Iskaliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Johnson & Johnson va Moderna vaksinalarini yetkazib berish bo‘yicha ham muzokaralar o‘tkazilmoqda, ammo hozircha biror natijaga erishilmagan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonda har 100 kishiga 15,79ta vaksina to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid