Jahon | 17:32 / 05.06.2021
8542
1 daqiqa o‘qiladi

Burkina-Fasoda jangarilar 100ga yaqin kishini o‘ldirdi

Burkina-Faso hukumati mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi.

Burkina-Faso shimoli-sharqidagi Solxan qishlog‘iga jangarilar hujum qilishi oqibatida 100ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning yozishicha, hujum qilganlar uylar va mahalliy bozorga o‘t qo‘ygan.

Burkina-Faso hukumati mamlakatda uch kunlik motam e'lon qildi.

Avvalroq Agence France-Presse agentligi mamlakat shimolidagi Tadaryat qishlog‘iga uyushtirilgan hujum natijasida 14 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgandi.

Mavzuga oid