O‘zbekiston | 14:45 / 05.06.2021
5889
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi

“Atrof-muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasi yaratildi.

Qaror bilan 2021–2025 yillarda O‘zbekistonda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, jumladan, quyidagi tadbirlarni amalga oshirish belgilandi:

  • suv resurslari, atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi;
  • atmosfera havosi, yerusti va yerosti suvlari hamda yerlarning ifloslanishi monitoringi;
  • ko‘llar ekotizimlari monitoringi;
  • o‘simlik va hayvonot dunyosi obektlari monitoringi;
  • atrof-muhitning transchegaraviy ifloslanish monitoringi.

2021 yil 1 dekabrga qadar atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining Yagona geoaxborot ma'lumotlar bazasi to‘liq shakllantiriladi. 

Shuningdek, respublikadagi 22 ta shahar va boshqa aholi punktlarida joylashgan 61 ta turg‘un postlarda atmosfera havosining sifati bo‘yicha kunlik, mayda dispersli zarrachalar bo‘yicha oylik kuzatishlar olib boriladi.

Mavzuga oid