Qarshi bosh kanalida maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi
Qarshi tumanida yashovchi maktab o‘quvchisi Qarshi bosh kanalida cho‘kib ketgan. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 iyun kuni 17:00larda Qarshi tumanida yashovchi maktab o‘quvchisi Nishon va Qarshi tumani chegarasidan oqib o‘tuvchi Qarshi bosh kanalida cho‘kib ketgan.
Surishtiruvda aniqlanishicha, cho‘kib ketgan bola o‘rtoqlari bilan birga bo‘lgan va ular cho‘milish belgilanmagan joyda cho‘milishgan.
Qayd etilishicha, Nishon tumanining 12ta mahallasi hududidan oqib o‘tadigan Qarshi va Mirishkor magistral kanallarida 5ta ro‘yxatga olingan fuqarolarning cho‘milishi taqiqlangan joy bor. Bu joylarda cho‘milishni taqiqlaydigan ogohlantirish belgilari o‘rnatilgan. Ammo aksariyat hollarda yosh bolalar hamda kattalar o‘sha joylarda cho‘milmoqda va oqibatda baxsiz hodisalar yuz bermoqda. Ta'kidlanishicha, cho‘milish mavsumi boshlangandan buyon mazkur kanallarda 4 nafar bola cho‘kib ketgan.
Mavzuga oid
15:18 / 08.12.2024
Qashqadaryoda xotinini ov quroli bilan otib qo‘ygan erkakka hukm o‘qildi
21:36 / 03.11.2024
Namanganda maktab o‘quvchisi ijaraga mashina olib minib YTH sodir etdi
13:19 / 15.10.2024
Qashqadaryoda Labo haydovchisi piyodani urib yuborib, paxta dalasiga tashlab ketdi. Jabrlanuvchi vafot etgan
18:11 / 07.10.2024