O‘zbekiston | 16:16 / 11.06.2021
2138
1 daqiqa o‘qiladi

Baliqchi tumanida 6 300 AQSh dollarini so‘mga aylantirib berayotgan valutafurush qo‘lga olindi

Baliqchi tumanida valuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda. 

Muntazam ravishda valuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro D. navbatdagi xaridor X.ga 6 300 AQSh dollarini 66,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid