O‘zbekiston | 21:20 / 17.06.2021
24797
2 daqiqa o‘qiladi

Sabzi narxi 11 ming so‘mgacha oshdi

9 iyundagi hisobotda sabzi narxi maksimal 9 ming so‘mgacha sotilayotgani bildirilgandi. 17 iyun holatiga ko‘ra, sabzavotning yuqori narxi 2 ming so‘mga qimmatlab, kilosi 11 ming so‘mdan sotilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi 16 iyun kuni respublikadagi markaziy dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini ma'lum qildi.

O‘rganishlarga ko‘ra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari orasida sabzi narxi o‘sib bormoqda.

Sabzining minimal narxi Buxoro shahrining «Buxoro markaziy dehqon bozori»da 3 ming so‘m qayd etilgan. Shu bilan birga, mazkur bozorda sabzavotni maksimal 9 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.

Jizzax shahrining «Jizzax markaziy dehqon bozori» hamda Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da sotuvdagi tozalangan va saralangan 1 kilo sabzining maksimal narxi qayd etilgan - 11 ming so‘m. O‘tgan haftada mahsulotning eng yuqori narxi 9 ming so‘m edi.

Avvalroq, qo‘mitaning 9 iyun kunidagi o‘rganishlari natijasi e'lon qilingandi. 17 iyundagi kuzatuvlarga qaraganda, sabzidan boshqa barcha mahsulotlar narxi deyarli o‘zgarmagan.

Mavzuga oid