Jizzaxda ukasiga tegishli fermer xo‘jaligi yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jizzax viloyati Zafarobod tumanida ukasiga tegishli fermer xo‘jaligi yerini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX Zafarobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ukasiga tegishli fermer xo‘jaligining yerini sotmoqchi bo‘lgan A.J. ushlangan.
Mazkur shaxs ukasi M.J. rahbarligidagi fermer xo‘jaligining 10 gektar yer maydonini Sh.ga firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, oldindan kelishilgan 10 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
15:57 / 11.01.2025
O‘zbekistonda “yashil bog‘lar” barpo etish rejalashtirilmoqda
11:50 / 10.01.2025
100 ming gektar yer maydonlari aholiga ijaraga beriladi
09:58 / 07.01.2025
Kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolgan bola qutqarildi
07:24 / 17.12.2024