Sport | 17:31 / 23.06.2021
24177
9 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi o‘yinlar oldidan: 1/8 finalda ikki supero‘yin bo‘lishi aniq, yana kimda qanday imkoniyat?

Guruh bosqichi yakunlanish arafasida.

Foto: ALEX PANTLING/GETTY IMAGES

Yevropa chempionatida 6ta guruhdan 4tasida guruh bosqichi yakunlandi va pley-off setkasi qanday ko‘rinish olishi qisman ma'lum. Bugun E va F guruhlarida so‘nggi o‘yinlar o‘tkaziladi va shundan keyin pley-off setkasi qanday bo‘lishi aniq bo‘ladi.

Turnir 1/8 finaliga 24 jamoadan 16tasi chiqadi — har bir kvartetda 1-2 o‘rinlarni egallagan jamoalarga nisbatan eng yaxshi ko‘rsatkichlarni qayd etgan uchinchi o‘rin vakillaridan to‘rttasi qo‘shiladi. 

Hozircha nimchorak finaldagi ikki juftlik ma'lum. V guruhida oxirgi turda pley-off masalasini hal qilgan Daniya Uelsga raqib bo‘ladi, A guruhi g‘olibi Italiya Avstriyaga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yana kimlar pley-offda?
Uels, Daniya, Italiya va Avstriyadan tashqari quyidagi terma jamoalar ham keyingi bosqichga chiqib bo‘lgan:

Shveytsariya (A guruhi, uchinchi o‘rin)
Belgiya (V guruhi, birinchi o‘rin)
Niderlandiya (S guruhi, birinchi o‘rin)
Angliya, Xorvatiya, Chexiya (D guruhi, 1-2-3)

Shuningdek, Ye guruhida 4 ochko to‘plab ulgurgan Shvetsiya ham pley-offda, ammo bu jamoa qaysi o‘rin bilan guruhdan chiqishi hali ma'lum emas. Xuddi shunday holat Fransiya bilan, amaldagi jahon chempionlari F guruhidagi ikki turdan keyin 4 ochko jamg‘argan.

Xorvatlar chexlarni uchinchi o‘ringa tushirib yuborgach, uchinchi o‘rinlar orasida Ukrainaning imkoniyati keskin pasaygan.

So‘nggi turda kimga qanday natija kerak?
Ye guruhida Slovakiya — Ispaniya, Shvetsiya — Polsha juftliklari. Yuqorida aytilganidek, shvedlar pley-off yo‘llanmasini hal qilishgan. Masala faqat qaysi o‘rin bilan 1/8 finalga chiqishda. Polyaklarga guruhdan chiqish uchun faqat g‘alaba kerak.

Ispaniya termasini slovaklarga qarshi o‘yinda durang ham qoniqtirishi mumkin — bu uchinchi o‘rinni kafolatlaydi — buning uchun Polsha Shvetsiyani yengmasligi talab etiladi. Mag‘lubiyat esa ispanlarni pley-offdan mahrum etishi aniq.

Slovaklarga g‘alaba yoki kamida durang kerak, shunda ular guruhdan chiqishlari aniq. Ispanlarga mag‘lub bo‘lishsa, to‘plar nisbati yomonlashib, pley-offga chiqa olishmaydi. Faqat ko‘p gol urilgan va bir to‘p farqi bilan qayd etilgan mag‘lubiyat ularni qoniqtirishi mumkin (2:3, 3:4 va hokazo). O‘shanda ularning to‘plar nisbati ukrainlarnikidan yaxshiroq bo‘ladi.

F guruhida vaziyat u qadar chigal emas. Bu guruhda so‘nggi turda amaldagi jahon chempionlari va amaldagi Yevropa chempionlari to‘qnashadi — Fransiya va Portugaliya. Fransuzlar 4 ochko jamg‘argan va pley-off masalasini hal qilgan.

Portugallarni durang ham qanoatlantirishi mumkin, faqat vengrlar Germaniya bilan o‘yinda ochko yo‘qotishsa. Nemislar uchun asosiysi mag‘lub bo‘lmaslik — shunda ular guruhdan kamida uchinchi o‘rin bilan chiqishadi. Katta ehtimol bilan, Germaniya ham, Portugaliya ham pley-offda bo‘ladi. Bunga faqat Vengriya nemislar ustidan g‘alaba qozonishi xalal berishi mumkin.

Pley-offning birinchi raundi reglament bo‘yicha quyidagicha ko‘rinadi:

1A (Italiya) — 2S (Avstriya)
2A (Uels) — 2V (Daniya)
1V (Belgiya) — 3A/D/Ye/F
1C (Niderlandiya) — 3D/E/F
1F — 3A/V/S
2D (Xorvatiya) — 2E
1E — 3A/V/S/D
1D (Angliya) — 2F

To‘rtta juftlikdagi ikkinchi jamoalar nomi barcha eng yaxshi uchinchi o‘rinlar to‘rtligi aniqlangach ma'lum bo‘ladi. 

To‘rt guruhda uchinchi o‘rin egalari nomi ma'lum bo‘lib ulgurgan:

1. D guruhi — Chexiya — 4 ochko, to‘plar nisbati — 3-2
2. A guruhi — Shveytsariya — 4 ochko, 4-5
3. S guruhi — Ukraina — 3 ochko, 4-5
4. V guruhi — Finlandiya, 3 ochko, 1-3

Shveytsariya va Chexiya pley-offga yo‘llanmani naqd qilib bo‘lgani tufayli, pley-offdagi ehtimoliy variantlar soni 10tagacha qisqargan. Realroq holatlar esa yanada kamroq, Finlandiyada birato‘la Ye va F guruhlaridagi uch jamoani ortda qoldirish imkoniyati nolga yaqin. Pley-offga F kvartetidan uchinchi o‘rin egasi chiqmasligi ehtimoli juda past. Buning uchun Germaniya Vengriyaga uch to‘p farqi bilan yutqazishi yoki Portugaliya Fransiyaga — to‘rt to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lishi talab etiladi. Shundan kelib chiqib, uchinchi o‘rinlar bo‘yicha real variantlar ikkita qoladi: ASDF va ADEF.

Ukraina pley-offga o‘tishi uchun quyidagi voqealar bo‘lishi kerak: 1) Shvetsiya Polshaga yutqazmasligi; 2) Ispaniya yoki Slovakiyaga yutqazishi, yoki ular slovaklar ustidan kamida 2 to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi, yoki bir to‘p farqi bilin bo‘lsa-da, o‘yinda kam gol urilishi — 2:1 yoki 1:0.

Katta ehtimol bilan ispanlar slovaklarni mag‘lub etadi, shu tufayli asosiy ikki variantni ko‘rib chiqamiz: birinchi variant bo‘yicha Shvetsiya Polshani yengadi yoki durang o‘ynaydi, bu holatda Ukraina pley-offga chiqadi, boshqasiga ko‘ra polyaklar g‘alaba qozonishadi, shvedlar esa uchinchi o‘rin bilan guruhdan chiqishadi, ukrainlar turnirdagi ishtirokini yakunlaydi.

1/8 final Yevro (ASDF bo‘yicha)
1A (Italiya) — 2S (Avstriya)
2A (Uels) — 2V (Daniya)
1V (Belgiya) — 3F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya)
1C (Niderlandiya) — 3D (Chexiya)
1F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya) — 3A (Shveytsariya)
2D (Xorvatiya) — 2E (Ispaniya/Shvetsiya)
1E (Ispaniya/Shvetsiya) — 3S (Ukraina)
1D (Angliya) — 2F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya)

Qayd etish kerakki, 1/8 finaldayoq muxlislarni Belgiya va Angliya jamoalarining «o‘lim guruhi»dan chiquvchilarga qarshi to‘qnashuvlari kutmoqda.

Undan keyingi bosqichlar uchun setka shunday ko‘rinish oladi:

1A (Italiya)/2S (Avstriya) — 1V (Belgiya)/3F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya)
1F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya)/3A (Shveytsariya) — 2D (Xorvatiya)/2E (Ispaniya/Shvetsiya)
2A (Uels)/ 2V (Daniya) — 1C (Niderlandiya)/3D (Chexiya)
1E (Ispaniya/Shvetsiya)/3S (Ukraina) — 1D (Angliya)/2F(Fransiya/Germaniya/Portugaliya)

Niderlandlar uchun nisbatan qulay yo‘l, ular yarim finalga qadar favorit bo‘ladi. 1/2 finalda birinchi va ikkinchi qatordan chiquvchilar dastlabki juftlikni tashkil etadi, uchinchi va to‘rtinchi qator g‘oliblari ikkinchi juftlikda kuch sinashadi.

Endi muqobil variant:

1/8 final Yevro (ADeF bo‘yicha)
1A (Italiya) — 2S (Avstriya)
2A (Uels) — 2V (Daniya)
1V (Belgiya) — 3Ye (Shvetsiya)
1C (Niderlandiya) — 3F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya)
1F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya) — 3A (Shveytsariya)
2D (Xorvatiya) — 2E (Polsha)
1E (Ispaniya) — 3D (Chexiya)
1D (Angliya) — 2F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya)

Undan keyingi bosqichlar uchun setka shunday ko‘rinish oladi:

1A (Italiya)/2S (Avstriya) — 1V (Belgiya)/3Ye (Shvetsiya)
1F (Fransiya/Germaniya/Portugaliya)/3S (Shveytsariya) — 2D (Xorvatiya)/2E (Polsha)
2A (Uels)/ 2V (Daniya) — 1C (Niderlandiya)/3F(Fransiya/Germaniya/Portugaliya)
1E (Ispaniya)/3D (Chexiya) — 1D (Angliya)/2F(Fransiya/Germaniya/Portugaliya)

Birinchi variantga o‘xshab ketadi, ammo bu holatda belgiyaliklar nisbatan oson raqiblarga to‘qnash kelishadi, niderlandlarga esa qiyinroq bo‘ladi. To‘g‘ri, Belgiyaga chorak finalda Italiya raqib bo‘lishi ehtimoli juda yuqori. Inglizlar esa har qanday holatda ham nimchorak finalda top-raqibdan qocha olishmaydi — faqat vengrlar kutilmaganda Germaniyani yengib qo‘yishmasa.

Mavzuga oid