Senatda yangi qo‘mita tashkil etildi
Bugun, 25 iyun kuni Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Senatorlar kun tartibidagi birinchi masala Senatning davlat organlarida ochiqlik va oshkoralikni ta'minlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.
“Majlisda senatorlar tomonidan mamlakatimizdagi o‘zgarish va yangilanish jarayonlari, olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar mazmun-mohiyatini xalqimizga to‘g‘ri va to‘liq tushuntirish, milliy axborot makonini xolis va asosli ma'lumotlar bilan to‘yintirish zarurati axborot siyosati hamda ochiqlikni ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlar, tizimli nazorat, jumladan, parlament nazorati muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi”, deyiladi Senat xabarida.
Majlisda Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Mazkur qo‘mitaning vazifalariga e'tibor qaratildi.
Qo‘mita davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash sohasini muvofiqlashtirib boradi va bu borada doimiy nazoratni amalga oshiradi.
Majlisda senator Farhod Boqiyev mazkur qo‘mita raisining o‘rinbosari etib saylandi. Masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
14:55 / 22.12.2024
Jismoniy shaxslarga yovvoyi hayvonlarni saqlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
17:20 / 18.12.2024
Kelgusi yilda ta’lim va fan sohasiga 86,3 trln so‘m yo‘naltiriladi - Tanzila Norboyeva
14:50 / 18.12.2024
Senat 2025 yilga mo‘ljallangan davlat budjetini ma’qulladi
15:48 / 20.11.2024