Jahon | 15:01 / 01.07.2021
7328
1 daqiqa o‘qiladi

Ever Given kemasi egasi Suvaysh kanaliga yetkazilgan zarar uchun 540 mln dollar to‘laydigan bo‘ldi

Suvaysh kanali ma'muriyati rahbari Usoma Robining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ishni sudsiz hal qilish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Mart oyida Suvaysh kanalida kemalar qatnovini to‘sib qo‘ygan Ever Given konteyner tashuvchi kemasi egasi yetkazilgan zarar uchun 540 million dollar to‘laydi. Bu haqda TNG News xabar berdi.

Suvaysh kanali ma'muriyati rahbari Usoma Robining so‘zlariga ko‘ra, tomonlar ishni sudsiz hal qilish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Qayd etilishicha, kelishuv Suvaysh kanali rahbariyati kompaniyaga nisbatan da'vo summasini 916 milliondan 540 million dollarga tushirganidan so‘ng imzolangan.

Xitoydan Niderlandiyaning Rotterdam shahriga suzgan 400 metrlik Ever Given konteyner tashuvchi kemasi 23 mart kuni Suvayshda sayozlikka o‘tirib qolgandi. Uni 6 kun o‘tibgina joyidan siljitishga va kanalni ochishga muvaffaq bo‘lingan. Bu vaqt ichida kanalga ikki tomondan kirish joyida yuzlab kemalardan iborat tirbandlik yuzaga kelgan. Kanaldagi harakatni 3 apreldagina to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘lingan.

Mavzuga oid