Bag‘dodda AQSh elchixonasiga hujum uyushtirildi
8 iyulga o‘tar kechasi AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa va uchuvchisiz havo hujumlari uyushtirilganidan so‘ng, Bag‘doddagi AQSh elchixonasi oldiga ham uchta raketa qulab tushgan.
Mahalliy xavfsizlik xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, Amerika elchixonasiga ziyon yetmagan, yaqin atrofdagi obektlarga yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Hozircha hech bir guruh raketa zarbasi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Avvalgi ko‘plab bunday hodisalarda AQSh «Iroq xalqining safarbarlik kuchlari» («Hashd ash-Shaabi») tarkibida faoliyat yuritayotgan Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qurolli shaxslarni ayblagan.
Avvalroq Al Hadath telekanali o‘z manbalariga tayanib Bag‘dod markazidagi «yashil hudud»ga raketa zarbalari berilgani to‘g‘risida xabar qilgandi.
Dushanba kuni xalqaro koalitsiyaning Anbar viloyatidagi Ayn-al-Asad harbiy bazasi o‘qqa tutilgandi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024