Jamiyat | 18:04 / 10.07.2021
3147
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi

Jizzax viloyati Baxmal tumanida somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 8 iyul kuni soat 10:27larda Baxmal tuman «Uzunbuloq» QFYda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan D.Asilov o‘ziga tegishli bo‘lgan «ZIL 130» rusumli yuk mashinasiga toylangan somon ortib, Baxmal tumani Novka qishlog‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtda mashina ustidagi somon yonib ketgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida yuk mashinasi va uning ustiga yuklangan 250ta toylangan somon yonib ketgan.

Yong‘in haqida xabar tushgandan so‘ng, Baxmal tumani FVBga qarashli ikkita yong‘inga qarshi kurash bo‘linmasi hodisa yuz bergan joyga 10:39da yetib borgan. 10:55da yong‘in o‘chirilgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «ZIL 130» haydovchisi qoidalarga zid ravishda yuk mashinasiga belgilangandan baland qilib somon ortgan. Natijada, mashina harakatlanib ketayotganda somon yo‘l tepasidan o‘tgan elektr simlariga tegib, yonib ketgan.

Mavzuga oid