Jamiyat | 19:30 / 10.07.2021
3645
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda «Volga» yengil mashinasida 21 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida «Volga» yengil mashinasida 21 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 9 iyul kuni Jarqo‘rg‘on tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan tuman hududidagi ko‘chalardan birida yuk ortishga moslashtirilgan «Volga» yengil mashinasi odam ortib ketayotgani uchun to‘xtatilgan. Qayd etilishicha, haydovchi odam tashish qoidalarini buzgan holda, mashinaga 21 nafar yo‘lovchini ortib ketayotgani aniqlangan.

Ta'kidlanishicha, qoidabuzar haydovchiga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma tuzilgan.

Mavzuga oid