Hafta davomida o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Haftaning aksariyat qismida O‘zbekistonda +37 darajagacha bo‘lgan o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
«O‘zgidromet» 12-16 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, haftaning katta qismida o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha ob-havoni yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yiliik qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan past bosimli maydon aniqlaydi.
Havo harorati kechalari 18-23 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda 40-42 darajagachani tashkil etadi.
Respublika hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek, 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
13-15 iyulda respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s.gacha mahalliy kuchayishi mumkin.
Mavzuga oid
11:20 / 27.12.2024
Sinoptiklar yanvarda kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
11:07 / 27.12.2024
28 dekabrda kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi
11:20 / 26.12.2024
27 dekabrda biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi
11:39 / 25.12.2024