Sport | 03:04 / 12.07.2021
25772
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya penaltilar seriyasida Angliyani mag‘lub etib, o‘z tarixida 2-bor Yevropa chempioniga aylandi

Yevro-2020 yakuniga yetdi. «Uembli»da o‘tgan finalda Angliya va Italiya o‘zaro bahs yuritishdi. 

O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. 2-daqiqadayoq Lyuk Shou hisobni ochib, Yevropa chempionati finallaridagi eng tezkor gol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘limda Angliya hisobni saqlab qolishga urinib, himoyaga e'tibor qaratdi va 67-daqiqada jazolandi — Bonuchchi burchak zarbasidan so‘ng inglizlar jarima maydonchasi ichida yuzaga kelgan qulay imkoniyatdan unumli foydalandi. «Yuventus» himoyachisi bu goli orqali Yevro finallarida to‘p kiritgan eng yoshi katta futbolchi bo‘lib oldi. 

Qolgan vaqt davomida va qo‘shimcha bo‘limlarda darvozalar daxlsiz qoldi. Penaltilar seriyasida esa Italiya g‘alabaga erishib, o‘z tarixida 2-bor qit'a chempioniga aylandi. 

Yevro-2020. Final
Italiya — Angliya 1:1

Penaltilar seriyasi — 3:2.
11 iyul. «Uembli»
Gollar: Bonuchchi (67) — Shou (2).
Italiya – Donnarumma, Bonuchchi, Emerson (Florensi, 118), Di Lorenso, Kellini, Verratti (Lokatelli, 96), Jorjino, Insine (Belotti, 91), Barella (Kristante, 54), Keza (Bernardeski, 86), Immobile (Berardi, 55). 
Angliya – Pikford, Tripper (Saka, 71), Maguayr, Stounz, Shou, Maunt (Grilish, 99), Rays (Henderson 74, Reshford 120), Sterling, Fillips, Uoker (Sancho, 120), Keyn.
Ogohlantirishlar: Barella (47), Bonuchchi (55), Insine (84), Kellini (90+6), Maguayr (106), Jorjino (114).
Penaltilar seriyasi: Berardi (1:0), Keyn (1:1), Belotti (1:1, darvozabon), Maguayr (1:2), Bonuchchi (2:2), Reshford (2:2, noaniq), Bernardeski (3:2), Sancho (3:2, darvozabon), Jorjino (3:2, darvozabon), Saka (3:2, darvozabon).

Mavzuga oid