Jamiyat | 15:35 / 13.07.2021
1586
2 daqiqa o‘qiladi

Ohangaronda qariyb 30 000 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolindi

Ohangaron tumanida 265,7 million so‘mlik qariyb 30 000 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari to‘xtatib qolingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda davlat Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, fuqaro X.R. boshqaruvidagi EPICA mashinasi ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 13 092 dona «Regapen», 15 078 dona «Perge» va 394 dona «Tropikamid» nomli umumiy qiymati 265,7 million so‘mlik kuchli ta'sir etuvchi dorilar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid