O‘zbekiston | 13:45 / 16.07.2021
9769
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni qabul qildi

Bugun Toshkent shahrida o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bo‘lajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma dastur va loyihalarni, eng avvalo savdo-iqtisodiy va madaniy gumanitar sohalarda ilgari surishga alohida e'tibor qaratildi.

Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashishi sharoitida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mavzuga oid