O‘zbekiston | 17:32 / 19.07.2021
9273
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon shahrida muz saroyi ochilmoqda 

Foto: KUN.UZ

 Ertaga, 20 iyul kuni Andijon shahrida muz saroyi ochiladi. “Marine Cinema” jamiyati tomonidan bunyod etilgan saroyda 20x40 o‘lchamdagi tabiiy muz qoplamali sport maydoni qurilgan bo‘lib, 300 nafar tomoshabin uchun o‘rindiqlar o‘rnatilgan.
 
Arenada turli sport tadbirlari, musobaqalar va boshqa ijtimoiy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish imkoniyati mavjud. 


Muz maydonidan bir vaqtning o‘zida 50 dan ziyod sportchi shug‘ullana oladi. Maskanda figurali uchish, xokkey kabi qishki sport turlari bo‘yicha seksiyalar ochish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.
 
Shuningdek, binoda fitnes zali ham ish olib boradi. Muz saroyining ochilish marosimi davomida poytaxtdan tashrif buyurgan hokkey va figurali uchish ustalarining badiiy chiqishlari, mushakbozlik tomoshasi namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid