Surxondaryoda odamlarning chorva mollarini olib, pulini bermagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida odamlarning chorva mollarini olib, pulini bermagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 15 iyun kuni Boysun tumani Shifobuloq mahallasida yashovchi N.Matlab va Sh.Abdilar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ular o‘z murojaatida 2020 yil aprel oyida Boysun tumani Ariqusti mahallasida yashovchi, X.Sharof ismli shaxs ularning ishonchiga kirib, Sh.Abdining 1 bosh ho‘kizini 10 million 800 ming so‘mga va N.Matlubning 1 bosh qo‘yini 1 million 150 ming so‘mga va yana 15 bosh qo‘zini 17 million 250 ming so‘mga hisoblab, olib ketganini, ammo pullarni bermay, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborganligini bildirgan.
Qayd etilishicha, joriy yil 6 iyul kuni X.Sharofga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:33
Germaniyada chorva mollari orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Ko‘plab mamlakatlar go‘sht importini taqiqladi
11:18 / 13.01.2025
Surxondaryoda Afg‘onistonga eksport qilingan unni sotib, pulini onlayn qimorga tikib yuborgan haydovchi 3 yilga qamaldi
17:44 / 06.01.2025
Denovda ko‘prik ochilishiga bag‘ishlangan tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
11:40 / 28.12.2024